0-misol: Entrybot o'zini tanishtiradi – (Ketma-ketlik)

Maktabdagi xotiralarimizni qayta tiklaylik. Chorak boshlanganda bizga dars jadvali berildi va har hafta darslar oldindan rejalashtirilgan jadval tartibiga ko‘ra o'tkazildi. Shu tarzda navbatma-navbat tartib bilan bajariladigan amal “Ketma-ketlik” deb ataladi. Ushbu darsda ketma-ketlik amalidan foydalanib, bu dasturning qahramoni Entrybotni hammaga tanishtiramiz

1. Entrybot obyekti o'zini tanishtirish uchun [Ko‘rinish] kategoriyasidan “–ni soniya davomida gapirish” blokini olib keling.

2. Entrybot obyekti o'zining o‘lchamni o‘zgartirishi uchun [Ko‘rinish] kategoriyasidan “O‘lchamga –ni qo‘shish” blokini olib keling.

3. Entrybot obyekti o'zining o‘lchamni o‘zgartirish uchun [Ko‘rinish] kategoriyasidan “Rang ta’sirga - ni qo‘shish” blokini olib keling.

4. Loyihani bajargan bo‘lsangiz, “►”(Boshlash yoki Ishga tushirish) tugmachasini bosib ishga tushirib ko‘ramiz. Va yaxshi ishga tushgan bo‘lsa sarlavhani xohlagancha nomlab “Saqlash” tugmachasini bosib kompyutermiz ichida fayl sifatida saqlab qo‘yamiz.

Last updated