4-misol: O‘zingizning elektron rasm daftaringizni yasang - (Xabar, Hodisa)
Last updated
Was this helpful?
Last updated
Was this helpful?
Dars vaqtida yoki kompyuterda ishlatayotganingizda “Rasm daftar” degan dastur orqali, bir marta bo'lsa ham rasm chizib yoki shunchaki chizmalab ko'rgan bo'lsangiz kerak.
Ushbu darsda o'zingizning rasm daftarigizni yasab ko'rib, obyektlarning orasida o'tkaziladigan “Xabar” haqida o'rganamiz.
1. Ekranda “Qalam” va “O‘chirg‘ich” obyektlari berilgan.
2. Qalamning o'rtasida joylashgan markaz nuqtasini qalamning uchiga ko'chirib, qalamni davomiy sichqonchaning izidan harakatlanadigan qilib, quidagi bloklarni joylashtiring
3. Sichqonchani bosgan paytingizda, qalam obyekti rasm chizib, sichqonchani to'xtatganingizda chizishni to‘xtatishi kerak. Sichqoncha yoki klaviaturani bosishday holatlari dasturda "Hodisalar" deb ataladi. Shuning uchun [Boshlash] kategoriyasidagi sichqoncha hodisa bloklarini olib kelib quyidagidek dasturlash ammalarini bajaring.
4. Qalam orqali rasm chizib, o‘chirg‘ich orqali o‘chiradigan kichik loyihani yaratib ko‘ramiz. Buni yaratish uchun, bugun ushbu darsda eng muhim tushuncha bo‘lgan obyektlarning orasida o‘tkaziladigan “xabar” to‘g‘risida o‘rganamiz. [Xususiyat] ni tanlab “O‘chir” degan xabarni qo‘shamiz.
Bizlar “O‘chirg‘ich” obyektini bosganimizda, “Qalam” chizgan rasmlarning barchasi o‘chirilishi kerak. Shundan kelib chiqib, qalam obyekti bilan o‘chirg‘ich obyekti o‘rtasida o‘zaro aloqa ta'sir bo‘lishi uchun xabar foydalaniladi.
5. Quyida berilgan oxirgi kodga qarab, qalam va o‘chirg‘ich xabar almashadigan uslub va rasm daftari qanday qilib namoyon bo‘lishini yana bir marotaba tekshirib ko‘ramiz.