7-misol: Ko‘rsichqon o‘yinini yaratib ko‘ramiz – (Jamlash)
Last updated
Was this helpful?
Last updated
Was this helpful?
Ko'ngil ochar maskanlarda, bir marta bo'lsa ham o'ynab ko'rgan o'yiningiz, “Ko'rsichqon” o'yinini yasab ko'ramiz. O'tgan darslarda o'rgangan “Ketma-ketlik”, “Takrorlash”, “Shart”, “Xabar”, “O‘zgaruvchi” dan foydalanib, qiziqarli “Ko'rsichqon” o'yinini yaratib ko'ramiz.
1. Obyekt ro‘yxatidan “O'yinchoq bolgʻacha” obyektini tanlab, o'yinchoq bolgʻachaning aylanishni bosib, chap tarafga ozgina engashtiramiz.
2. O'yinchoq bolgʻacha sichqoncha ko‘rsatkichini orqasidan davomiy ergashadigan qilib kodni ketma-ket qo‘ying. Sichqonchani bosganingizda, o'yinchoq bolgʻacha chap tarafga urganini aks etadi.
3. Avvalo, “Ko‘rsichqon” obyektini tanlaymiz. Ko‘rsichqon harakatga kelsagina o'yinchoq bolgʻacha bilan ko‘rsichqonni urish zavqli, to‘g‘rimi? Buning uchun ko‘rsichqon shaklining ko‘rinish va bekinish amallarini qilishi kerak. Ko‘rsichqon tasodifiy chiqishi kerak, shuning uchun [Hisob] kategoriyasidagi “-dan –gacha tasodifiy soni” blogini qo‘yamiz.
4. O'yinchoq bolgʻachadan urilgan paytlarida ko‘rsichqon tarafidan urilganligini kerak. Binobarin, “Urdi” xabarini yaratib, o'yinchoq bolgʻacha urgan paytida berilgan xabarni jo‘natsak, ko‘rsichqon o'yinchoq bolgʻacha bilan urilganini aniqlay oladigan qilib kodni yasab ko‘ramiz.
5. O'yinchoq bolg‘acha bilan ko‘rsichqonni urganimizda qanday ishlar ro‘y berishi kerak? Ovoz chiqadigan qilib ko‘ramiz. Tasmali panelidagi [Ovoz] ni tanlab, “Ovoz qo‘shish”ni bosgandan so‘ng, “Toi” degan ovozni izlab qo‘shamiz. Endi ko‘rsichqonni urganimizda ko‘rsichqonning shaklini, yashirib ballga 1tadan qo‘shadigan qilib quyidagi kabi bloklarni yig‘ib ko‘ramiz.
6. Ko‘rsichqonni urganingizda ball ko‘payadigan qilib bajarmoqchi bo‘lsangiz, dasturga ballni saqlash mumkin bo‘lgan joy kerak bo‘ladi. Shuning uchun o‘zgaruvchi “Ball” ni qo‘shing.
Foydali maslahat: O'zgaruvchini qo'shsangiz, bajarish ekranida o'zgaruvchining qiymati paydo bo'ladi. Bu o'zgaruvchi qiymatini sichqoncha bilan olib kelib, xohlagan joyingizga qo'yishingiz mumkin.
7. Ko‘rsichqonning o‘lchamini yetarli darajada sozlab, obyektlar ro‘yxatidagi ko‘rsichqon obyekti ustiga sichqonchaning o‘ng tarafidagi tugmachani bosib, bir necha ko‘rsichqonni nusxalang.
Foydali maslahat: Obyektni nusxalasangiz, berilgan obyekt ega bo'lgan kod, shakl va ovoz birgalikda nusxalanadi.
8. Nusxalangan ko‘rsichqon obyektlarni ekranga navbat bilan joylashtirib, o'yinchoq bolg‘acha obyekti ro‘yxatning eng yuqorisida joylashadigan qilib tepa tarafga olib kelib qo‘yamiz.