2-misol: Gul barglari bilan gul yasaymiz – (Takrorlash)
Last updated
Was this helpful?
Last updated
Was this helpful?
O‘tgan darsda ketma-ketlik haqida o‘rgangan bo‘lsak, ushbu darsda “Takrorlash” tushunchasi to‘g‘risida bilib olamiz.
Yo‘lda yurib borayotganingizda yo‘l chetida chiroyli gullarni ko‘rganmisiz? Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, bir xil shakldagi barglar takrorlanib, gulning markazida hosil bo‘lgan.
Ushbu darsda takrorlash tushunchasi orqali chiroyli gulni yasab ko‘ramiz. Unday bo‘lsa “Entry” orqali “Takrorlash” ni o'rganamizmi?
1. Pushti rang gul bargi obyektini qo'shing.
2. Gulni yasash uchun gul barglarining shakli bir xil bo‘lib, lekin burchaklari farq qilishi kerak. Shunga asoslanib, [Cho‘tka] kategoriyasidagi "Pechat qo‘yish" bloki bilan [Harakat] kategoriyasidagi “Aylanishga ~ni qo‘yish” blokini olib kelib, ketma-ket qo‘yıng.
※ Diqqat: Gul bargini to‘g‘ri aylantirish uchun obyektning markazini gul bargining uchiga joylashtirishingiz kerak. Markazning joyidan kelib chiqib, natija ham boshqacha chiqadi.
3. Faqat ikkita gul bargi bilan gul yasay olmaysiz, to'g'rimi? Gulni yasash uchun bir nechta gul bargi kerak bo’ladi. Shuning uchun jami 6 marta gul bargilarni qo'shamiz.
4. Ekranga qaraganingizda kodlar juda uzunmi? Ekranda bir xil bo‘lgan kodlar 6 marta takrorlangan.
Hozir barglarning soni unchalik ko‘p bo‘lmagani uchun tezda bajarishingiz mumkin, ammo quyidagi kod 100 marta takrorlansa, “Gul bargini chizish” kodlarini 100 marta joylashtirish judayam samarasiz bo‘ladi.
Shuning uchun yanada tez va oson bir nechta gul bargini yasamoqchi bo‘lsangiz [Oqim] kategoriyasidagi “~marta takrorlash” blokini olib keling. Undan so‘ng blokning son qismini “6” ga o‘zgartirib kodlarni bajarib ko‘ring.
“Takrorlash” bloki orqali chiroyli gulni yasadingiz. Endi esa gulning rangi bilan turinini o‘zgartirib ko‘ring.
5. Gulning rangini o‘zgartirish uchun [Ko‘rinish] kategoriyasidan “Rang ta’siriga – ni qo‘shish” blokini olib kelib gulning rangini o‘zgartirib ko‘ring.(①)