3-misol: Changyutgich robotining oldidan to‘siq chiqsa nima bo‘ladi? - (Shart, Parallel)
Last updated
Was this helpful?
Last updated
Was this helpful?
Changyutgich robotini ko‘rganmisiz? Changyutgich roboti oldinga qarab harakatlanayotganida to‘siqni uchratsa, harakatini o‘zgartiradi.
Ushbu darsda “Shart” tushunchasidan foydalanib, changyutgich robotiga xonaning burchaklarini tozalashda yordam berib ko‘ramiz.
(https://www.youtube.com/watch?v=D1nWIR5ZRWM)
1. Ekranda "Yog‘och pol" orqa foni va "Changyutgich robot" obyektini qo‘yamiz.
2. "Changyutgich robot" obyektini tanlang va kodni quyidagi rasmga o’xshatib qo'ying.
3. Sichqonchadan foydalanib, harakat yo‘nalishi ko‘rsatgichini aylantirib, changyutgich robotni yuqori tarafga harakatlanadigan qilib qo‘ying. Keyin esa changyutgich robotning o‘lchamini yetarli darajada kichraytiring.
4. Changyutgich robot polni(yerni) davomiy tozalaydigan qilib [Oqim] kategoriyasidagi “Davomiy takrorlash” bloki bilan [Harakat] kategoriyasidagi “Harakat yo‘nalishiga – ni harakatlanish” blokidan foydalaning.
5. Changyutgich robot poldan chiqib ketib qayergadir ketayapti. Changyutgich robot poldan chiqib ketmasligi uchun nima qilishimiz kerak? Ha, to‘g‘ri, shart qo‘yishimiz kerak.
Qizil chiziqda aks etilgan sirtqi qism – bu devor. Shunaqa qilib changyutgich robot devorga teggan paytida, poldan chiqib ketmaydigan qilib kodni tuzib ko‘ramiz.
[Oqim] kategoriyasidagi “Agar – bo‘lsa” bloki bilan [Qaror] kategoriyasidagi “ - ga tegganmi?” blokini ketma-ket qo‘yamiz. Shu joyda biroz to‘xtang! Changyutgich robot pol to‘liq tozalangunicha uzluksiz harakatlanishi kerak. Shuning uchun ularni “Davomiy takrorlash” blokining siklining ichiga joylashtiramiz.
Foydali maslahat: “Agar – bo‘lsa” blokiga shart blokini kirgizgan paytingizda, blokning chap uchini birlashtirsangiz, shunda blok oson yig‘iladi.
6. “Boshlash”ni bosib, changyutgich roboti iflos polning burchaklarini tozalayotganini to‘liq tekshirib ko‘ramiz. Ba'zan robot changyutgich devorga tegsa, u faqat aylanib, joyida qolib ketishini ko'rishingiz mumkin. Shuning uchun devorga teggandan keyin sal orqaga yurib yo'nalishni o'zgartirsa to'g'ri bo'ladi.
7. Shu joyda ozgina to‘xtang. Oldindan yaratilgan changyutgich robotning yo‘lini(marshrutini) chizadigan kodlarning to‘plami bilan bizlar yaratgan changyutgich robotni harakatga keltiradigan ikki xil kodlar bir vaqtning o‘zida ijro bo‘lmoqda.
Bundan kelib chiqib, bir obyekt ikki xildan ortiq kodlarni bir vaqtning o‘zida “Parallel” ijro etishi mumkinligini bilib oling!