1-misol: Kuchukcha bilan mushukcha salomlashadi – (Ketma-ketlik)
O‘tgan darsda ketma-ketlik haqida o‘rgangan bo‘lsangiz, ushbu darsda 2ta obyektlar orasidagi mustaqil ketma-ketlik orqali interaktiv bajarish tushunchasi to‘g‘risida bilib olamiz.
1. Ekranda kerak bo‘lmagan ‘Entrybot’ obyektini o‘chirib, obyektni qo‘shish tugmachasini bosing.

2. Kuchuk bilan mushuk obyektini tanlab, ‘Qo‘shish’ tugmachasini bosing.

3. Obyekt ro‘yxatida obyektning nomini o'zgartiring.

4. Sichqoncha ko‘rsatkichidan foydalanib, obyektning o‘lchamini kattalashtiring.

5. Kuchukcha obyektini tanlab, kuchukcha birinchi bo‘lib mushukcha bilan salomlashadigan qilib [Ko‘rinish] kategoriyasidan “–ni soniya davomida gapirish” blokini olib keling.

6. Mushukcha ham javoban salomlashishi uchun mushuk obyektini tanlang. Mushukcha kuchukchaga yuzma-yuz qaraydigan qilib [Ko‘rinish] kategoriyasidan “Chap va o‘ng shaklni to‘nkarish” blokini olib keling.(①)
Kuchukcha 2 soniya davomida salomlashgani uchun mushukcha 2 soniya davomida navbatini kutadi.(②) ①,② amallari tugaganidan so‘ng, kuchukcha bilan salomlashadi.(③)

7. Endi esa xayrlashish vaqti keldi. Kuchukcha birinchi bo‘lib [Oqim] kategoriyasidagi “–ni soniya davomida gapirish” blokidan foydalanib xayrlashadi.

8. Mushukcha esa kuchukcha xayrlashayotgangan paytida kutib turgandan keyin(①) kuchukcha bilan xayrlashadi.(②)


※ Manba kodlarini yuklab olish (https://bit.ly/3wTJR3I)
Last updated
Was this helpful?