6-misol: Parolni kiritib xazina qutisıni ochamiz – (O'zgaruvchi, Kiritish va chiqarish)
Last updated
Last updated
Uyingizga kirgan paytingizda, kalit o'rniga foydalaniladigan elektron qulfining asosinibilib olish qiziq emasmi?
Xazina qutisiga parol apparatini ishlab chiqib, ushbu darsdagi muhim tushuncha bo'lgan “O‘zgaruvchi” dan foydalangan holda, elektron qulfi qanday asos orqali ishlashini bilib olamiz.
1. Ekranda “Cho‘l” bilan “Xazina sandig‘i” obyektlari berilgan.
2. O‘zgaruvchidan foydalanib, xazina qutisini ochib ko‘ramiz. Xazina qutisining parolini saqlaydigan joy – “Parol” degan o‘zgaruvchi kerak bo‘ladi. [Xususiyat] ni tanlab, o‘zgaruvchini qo‘shishni bosib, “Parol” degan o‘zgaruvchini yaratamiz.
3. 3 “Parol” o‘zgaruvchisini ekranda ko‘rsatib bo‘lmaganligi sababli, uni yashirib, (②) xohlagan parol qiymatini tuzamiz.(③) Hamda parolni so‘raydigan "~ni so‘rab javobini kutish" bloklarini ketma-ket qo‘yamiz.(④) Bu dasturmizning foydalanuvchilariga ma’lumotlarni kompyuterga “Kiritish” imkoniyatni berilgandek bo‘ladi.
4. Bizlar parolni bosganimizda qanday vaziyat kelib chiqadi? Parolni to‘g‘ri kiritsak xazina qutisini ochishimiz mumkin, noto‘g‘ri kiritsak parolni qaytadan kiritishimiz kerak bo‘ladi. Bu ikki xil holatni avval o‘rgangan “shart” blokidan foydalanib ifodalashimiz mumkin.
5. Parolni to‘g’ri kiritgan paytingizda, olqish ovozi bilan birga xazinaga ega bo‘lganlik haqida bildiradigan gapni qo‘shib ko‘ramizmi?
Kompyuter ma'lumotlarni "Chiqarish"da faqatgina matnlar orqali emas, ovozlardan foydalanib chiqarish mumkin. Tasmali panelidagi [Ovoz] ni tanlab oldindan [Odamlar]da “Olqish” ovozi bilan [Narsalar]da “Xavf ogohlantirish” ovozini qo‘shamiz. Keyin [Ovoz] kategoriyasining "- ijro etish" bloki orqali qarsak ovozi blokini pastda ko'rsatilgandek joylashtiramiz.
6. [Ko‘rinish] kategoriyasidagi gapirish blokidan foydalanib “Xazinaga ega bo‘ldingiz ” gapini qo‘shing.
7. Parolni to‘g‘ri kirita olmagan paytingizda “Xavf ogohlantirish” ovozi bilan “Olish Muvaffaqiyatsizlik!!” ni bildiradigan qilib quyidagi bloklarni ketma-ket qo‘ying.