Entryning Interfeysi
Last updated
Was this helpful?
Last updated
Was this helpful?
Obyekt - dunyoda mavjud bo‘lgan mustaqil jism hisoblanadi. Dasturiy dunyodagi obyektlar ham mustaqill jismlardir.
Entryda obyektlar deganda, misol uchun, qahramonlar, hatto orqa fonlar, yozuvlar ham obyekt bo‘lish mumkin. Har bir obyekt o‘zining blok kodlari(buyruqlarning to‘plami)ga ega va ko‘pincha o‘zida bir nechta ko‘rinish shakllariga ega bo‘ladi.
[Bloklar] qismidagi tasmali panel ichida joylashgan [Shakl] panelini bosib, blokning ko‘rinish shaklini o‘zgartirish mumkin.
“►”(Boshlash yoki Ishga tushirish) tugmachasi bosilganda, ekranda biz yaratgan dastur natijasi paydo bo‘ladi. Agar kerak bo'lsa "Sahna 1" yonidagi “+” tugmacha orqali bir nechta qo‘shimcha sahnalarni ochib dasturlashni davom etishingiz ham mumkin.
Har bir sahnada turgan hamma obyektlarning ro'yxati bor. Ro'yxatning tepasidagi '+' tugumachani bosib, turli xil obyektlarni qo’shish mumkin.
Obyektni harakatga keltira oladigan turli xil buyruq bloklari mavjud bo‘lgan joy. Boshlanish, oqim, harakat va yana boshqa 12 ta kategoriyada 160 ta bloklar mavjud. Ushbu bloklarni taxlaydigan joyga olib kelib birlashtirish mumkin.
Blokni birin-ketin joylashtirib, bloklar(buyruqlar)ning to‘plami orqali dasturlash imkoni beradigan oynadir. Shu tarzda taxlangan bloklarning yig‘indisi kod deb ataladi. Va unday harakatlar dasturlash, kodlash, koding deb ataladi. Kodlarni ishga tushirish paytida taxlangan bloklarning shakli, turiga qarab ichda kompyuter tushunadigan buyruqlarga tana yaratilib, u aylantirgan buyruqlar asosida dastur ishlaydi.