01 Salom, Entry!
Last updated
Was this helpful?
Last updated
Was this helpful?
“Entry” - blokli daturlash tili. Koreyada ishlab chiqarilgan bo‘lib, bugun va kelajak uchun shartli ko‘nikmaga aylanib bo'lgan dasturlashni oson va samarali o‘rganishga xizmat qiladi. Entry orqali katta va kichik o‘zingizning STEAM(Science, Technology, Engineering, Arts, Maths) loyihalaringizni yaratishga va dasturlashni osonlikcha o'rganishga imkon beradi.
Entryda dasturni yaratish uchun quyidagi rasmda ko‘rsatilganidek faqatgina “Blok(Buyruq)"larni ketma-ket joylashtirish talab etiladi. Agar siz oldin “Scratch” bilan tanishgan bo‘lsangiz bir-biriga o‘xshashligini sezasiz.
Bloklarni ketma-ket joylashtirish jarayoni “Blok koding”, “Blok kodlash” yoki “Blokli dasturlash” deb ataladi.
Blokli kodlashning afzalligi shundaki, haqiqiy dasturlash tillari(Matnli tillar deb ataladi.), masalan, Python, Javascript, C++ va hokazolarni bilmasdan ham bloklar yordamida dasturlarni oson yaratish va dasturlash asoslarini oson tushunib olish mumkin.
Blok kodlashning kamchiligi esa, haqiqiy dasturlashdan farqli bo‘laroq asosan bloklardan foydalanilishi bois, taqdim etiladigan blok(buyruqlar)dan tashqari matnli dasturlash tilida mumkin bo‘lgan turli xil ifodalardan foydalanib bo‘lmaydi.
Entry qiyin dasturiy yondashuvni emas, balki sodda va oson dasturiy yondashuvni ta’minlashi orqali, yangi boshlovchilar va yosh bolalar ham o‘rgansa bo‘ladigan muhitni yaratib beradi.
Entryda yosh bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan milliy obyektlar ham mavjud, bulardan foydalanib dasturlashga imkon berilsa bolalarning qiziqishi yanada oshish mumkin.
Pastdagi rasmda ko‘rsatilgan [Entry Python] menyuni tanlasangiz, blokli kodlar Python tilining kodlarga avtomatik ravishda o'zgartiradi, shunda Python tili orqali dasturlashni davom etishingiz mumkin. Bolalar Entryda blokli kodlashni o‘rganib, sekin-asta haqiqiy dasturlash tiliga ham o‘tishlari mumkin.
Entryda Arduino uchun ham maxsus bloklar mavjud bo‘lib, bu bloklar yordamida Arduino qurilmalarini boshqaradigan kodlarni yozish mumkin. Entry nafaqat umumiy dasturlashni o‘rgatadi, balki haqiqiy qurilmalarni dasturlab boshqarishni osonlashtiradi.
Entryda Arduino uchun yozilgan bloklarni C++ tiliga(oldin Python tili rejimga o‘tishdek) avtomatik ravishda o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Buning uchun quyidagi rasmda ko‘rsatilgan [Entry Arduino] menyusini tanlash kerak. Bundan tashqari u tugmaning yonidagi [kodlarni qurilmaga yuklash] tugmasini bosish orqali, kodlarni Arduino qurilmasiga yuklab uning xotirasiga saqlaymiz.
Masalan, pastki rasmda ko‘rsatilgan turli xil robotchalar, dron, mikrokontroller, mikrobit, lego ev3 va hokazolar. Texnik ta'minotni boshqarish uchun 60 dan ortiq qurilmalarga ulanib ulardan dasturlash qilishingiz mumkin.